Shahakademia.net
 
Bosh sahifa » O'zbek she'riyati

XUDONI BESH MAHAL ESLAMASAK HAM

Xudoni besh mahal eslamasak ham.
Xudodan qo’rqardik o’sha kezlarda.
Bahorda Xudo deb, ekin ekardik,
Xudodan rizq kutar edik kuzlarda.
Yolg’iz sigirimiz bo’lganda nobut,
Onam ko’zyoshiga cho’mganda dunyo.
Otamning fikricha, sinovdir yoxud
Bizdan ranjiganin bildirgan Xudo.
Xudodan, tovonga kirsa ham nashtar,
Kimningdir omadi chopsa, Xudodan.
O’shanda bizlarni Xudoga tashlab
Otamning otasi o’tdi dunyodan.

Shopenni bilmasdim o’sha damlarda,
Dilgir musiqaga yetmasdi aqlim.
Agar bilganimda, har bir notasin
... Davomini o'qish »

Bo'lim: O'zbek she'riyati | Ko'rildi: 52 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2023-10-16 | Fikrlar (0)

Ko`ngil ma'yus tortdi yilning so`nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida,
Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o`taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetkudek qo`lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g`alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig`lab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So`rsang, sevinchimdan o`kinchim ko`proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko`zda tabassum -u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo`ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo`qlab kelganingni o`zi bir bayram.
Qulog`ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...

Bo'lim: O'zbek she'riyati | Ko'rildi: 6085 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-12-22 | Fikrlar (0)

Payshanba, 2024-04-25, 11:31 AM
Xo'sh kelibsiz Mehmon
Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Login
Login form
SITE INFO

Admin: MrShahzodbek

WMID: 733417572236

BL: TL:

Skype: Мой статус MrShahzodbek

E-Mail: MrShahzodbek@mail.ru

WEBMONEY EXCHANGE CENTRE
Bugungi kurs:
25.4.2024
:

SOTISH:
1WMZ=11000 SO'M
SOTIB OLISH:
1WMZ=9000SO'M
Bo'limlar
Online Money [28]
Internetda pul ishlash usullari
Sirdoshim she'riyat [7]
Shahzod Rahmon ijodidan
Dil tubidagi so'zlar [3]
Sohir sirlar izhori. Shahzod Rahmon.
O'zbek she'riyati [2]
BONUS [7]
REKLAMA

TAG Bulutlari
Tabriklaymiz!
So'rovnoma
Sayt haqida fikringiz?
Jami javoblar: 10
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Qidirish
Taqvim
«  April 2024  »
SuMoTuWeThFrSa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
SAYT ARXIVI
Hamkorlarimiz
  • UZWEBMONEY.TK
  • FREE IELTS TIPS
  • Shahakademia.tk
  • WEBMONEY FOREX
  • Browser Kits
  • Shahakademia.net © 2023
    Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
    Creative Commons License
    Shahakademia.net sayti Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License tomonidan litsensiyalangan.