Shahakademia.net
 
Bosh sahifa » 2011 » November » 3 » So'nggi lahza
4:54 PM
So'nggi lahza


Shamollar shivirlar tinmagay zinhor,

Qalbimda tuyg'ular solar g'alayon.
Go'zal visoliga tashnalik hissi,
Ne ko'ylarga solar meni shu damda.
Bilmayman ul go'zal asli qaylarda,
Balki o'zga diyorda yoki yonimda.
Dunyoning to'rt burchagidanda,
Izlamoq hissi-la yonar yuragim.
Men uni bilmasman, u esa meni,
Bir-birimizga begona qalban yaqinmiz,
Umrim ham so'ngiga yetar chog'ida,
Uni eslab so'ngra jonim berarman.
Kuzatarlar meni so'ng manzil tomon,
Eltadilar meni sokin go'shaga.
Hamroh bo'lar menga yolg'iz bo'z tuproq,
Do'stlarim ko'zda nam qaytarlar ortga.
Bejon yotarman, hissiyotlarsiz,
Orzular dilimda qolmagan hatto.
Endi bo'lmas hech qanday ro'yo,
Va orzularim buyuk ro'yobi.
Vaqt o'tar lahzalar yugurar shoshqin,
Xazonlar qabrimga bo'lar yopinchiq,
Bilmayman kimdir meni izlaydi:
Qo'lida bir dona qizil atirgul,
Jimgina qabrim boshiga cho'kar.
Ko'zlaridan oqar qatra-qatra yosh,
Xazonlar ustida qizil atirgul,
Bilmam nedan berar nishona.
Xayolga tolaman kim edi u,
Ne uchun meni keldi xotirlab,
Nahotki bu o'sha xayolimdagi
Qaydan bildi ekan so'nggi makonim.

Shahzod Rahmon.
Category: Sirdoshim she'riyat | Views: 1100 | Added by: MrShahzodbek | Tags: atirgul, So'nggi makon, qizil, lahza | Rating: 5.0/1
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Ro'yhatdan o'tish | Login ]
Chorshanba, 2024-04-24, 3:37 PM
Xo'sh kelibsiz Mehmon
Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Login
Login form
SITE INFO

Admin: MrShahzodbek

WMID: 733417572236

BL: TL:

Skype: Мой статус MrShahzodbek

E-Mail: MrShahzodbek@mail.ru

WEBMONEY EXCHANGE CENTRE
Bugungi kurs:
24.4.2024
:

SOTISH:
1WMZ=11000 SO'M
SOTIB OLISH:
1WMZ=9000SO'M
Bo'limlar
Online Money [28]
Internetda pul ishlash usullari
Sirdoshim she'riyat [7]
Shahzod Rahmon ijodidan
Dil tubidagi so'zlar [3]
Sohir sirlar izhori. Shahzod Rahmon.
O'zbek she'riyati [2]
BONUS [7]
REKLAMA

TAG Bulutlari
Tabriklaymiz!
So'rovnoma
Saytimiz haqida qanday xabar topdingiz?
Jami javoblar: 4
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Qidirish
Taqvim
«  November 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
SAYT ARXIVI
Hamkorlarimiz
  • UZWEBMONEY.TK
  • FREE IELTS TIPS
  • Shahakademia.tk
  • WEBMONEY FOREX
  • Browser Kits
  • Shahakademia.net © 2023
    Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
    Creative Commons License
    Shahakademia.net sayti Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License tomonidan litsensiyalangan.