Shahakademia.net
 
Bosh sahifa » 2011 » December » 22 » Uni yana topdim
9:57 PM
Uni yana topdim

Ushbu voqeaga 2yil bo'ldi. U bilan birinchi bor mail@agent orqali tanishib qoldik. O'z pochtamni tekshirib turar ekanman, do'st ortirish maqsadida online foydalanuvchilarni qidira boshladim. Shunda u bilan tanishdim. Tanishuv juda oddiy hamda kamtarona o'tdi. Salom-alik, hol-ahvol so'rash, ba'zi bir qiziqtirgan savollar: " Qayerliksiz, Nima qilasiz, Qayerda o'qiysiz?". Suhbat shu tarzda davom etardi. Birozdan so'ng u agentdan chiqadigan vaqti bo'lganini aytdi. Men undan telefon nomerini so'radim, ammo u bermasligini aytdi. Bir necha marotaba iltimos qilganimdan so'ng, o'zimning telefon nomerimni so'radi hamda qo'ng'iroq qilishini aytdi. Men intizorlik bilan uning qo'ng'iroq qilishini kutardim va u qo'ng'iroq qildi. Suhbat boshlandi: "Man agentdagi qizman" Suhbat davom etar ekan biz yanada yaqinroq tanishib borar edik. U bilan tez-tez gaplashib turadigan bo'ldik. Birinchi kunning o'zidayoq u bilan munosabatlarimiz qizg'in tusga kirib ulgurgandi. Kechasi soat 12 yoki 1gacha telefonda suhbatlashardik. Oradan 3 kun o'tib, U bilan ko'rishdik. Ko'rishishga rozi bo'lmadi, ammo ayyorlik qildim. Telefonda suhbatlashar ekanmiz u qarindoshinikiga kelganini aytdi. Qarindoshining manzilini so'ragach, u yerga yo'l oldim. U xech nimadan xabari yo'q, yo'lda ketar ekan unga telefon qilib ayni damda qayoqdagiligini so'ray boshladim.Va nihoyat uni topdim, ammo oldiga bormasdan ortidan kuzatib boraverdim. Bekatga yetib borgach oldiga bordim. U meni kelishimni kutmagan edi. Ammo bu hodisa ro'y bergandi. Shundan so'ng, biroz suhbatlashgach u bilan xayrlashdik. Yana tunga qadar telefonda suhbatlashish. Uni uchrashuvga taklif etdim, avvaliga rozi bo'lmadi. Tinimsiz takliflardan charchadimi rozi bo'ldi. U bilan har kun uchrashadigan bo'ldik. Har kuni u bilan ko'rishardik. Toshkent ko'chalarini u bilan birga kezar edik. U bilan suhbatlashgan 2 hafta davomida u bilan Goh xiyobonlarni kezardik, goh muzeylarni tomosha qilardik. U bilan munosabatlarimiz shu tariqa davom etardi. Kunlar o'ta boshladi. Kunlardan bir kun unga o'rganib qolayotganimni his etdim. Uning ovozini bir lahza eshitmasam telbadek bo'lib qolardim. Ammo taqdir ekan u bilan ayrildik, yo'limiz ayro tushdi ( sababi sir bo'la qolsin). Shunda ham yurak unga telefon qilib ovozini eshitardim. Ammo so'zlashga yuragim dov bermasdi. U ham telefon qilardi ammo unga yaxshi gapirmas edim. Barchasi unutildi, barchasi unut bo'ldi. Oradan 2 yil o'tdi. Usiz o'tgan umrim davomida uni goh-goh esga olardim. Yana uni sog'ina boshladim. Yana uni qo'msay boshladim. Pochtamni tekshirdim, ammo uni topa olmadim. Shunda hozir ko'pchilik mail@agentdan odnoklassniki.ru saytini afzal bilishini bilgan holda odnoklassniki saytiga uning ismini yozib qidirish tugmasiga bosdim. Bu taqdirning tuhfasimi? (Bilmayman, nima deb atashni). Ro'yhatda 5 kishi bor edi va ularning birinchisi esa U edi. Unga xabar yozdim. Uni saytga kirishini intiq kutardim. U javob yozdi: " Kim bu?". U meni yo tanimadi yoki tanishni, eslashni istamadi. Ammo har kungi xabarlar yordamida uni telefon nomerini olishga muvaffaq bo'ldim. Yo'q. Yana 2 yil oldingidek. Unga telefon raqamlarimni berdim. Yana u telefon qildi. Bu safar esa nomeri yashirilgan holda edi. Yana telefon raqamini so'rab, nihoyat oldim. Yana munosabatlarimiz yaxshi bo'la boshladi. Men uni unutolmaganligimni tushundim. Hozir u bilan har kuni suhbatlashib turamiz. Unga sevishimni aytdim, ammo u bu borada uni tinch qo'yishim lozimligini ta'kidlamoqda. U yana aldanishdan qo'rqyapti, men esa usiz yashashdan.

Views: 632 | Added by: MrShahzodbek | Rating: 5.0/1
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Ro'yhatdan o'tish | Login ]
Seshanba, 2017-11-21, 12:07 PM
Xo'sh kelibsiz Mehmon
Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Login
Login form

SITE INFO

Admin: MrShahzodbek

WMID: 371631390984

BL: TL:

ICQ: 636014897

Skype: Мой статус MrShahzodbek

E-Mail: MrShahzodbek@mail.ru

WEBMONEY EXCHANGE CENTRE
Bugungi kurs:
21.11.2017
:

SOTISH:
1WMZ=3000 SO'M
1WMR=110 SO'M
100VirtaPay=100 SO'M
100VirtaPay=0.05$ USD

SOTIB OLISH:
1WMZ=2700SO'M
1WMR=80 SO'M
200VirtaPay=20 SO'M
200VirtaPay=0.01$ USD
Bo'limlar
Online Money [28]
Internetda pul ishlash usullari
Sirdoshim she'riyat [7]
Shahzod Rahmon ijodidan
Dil tubidagi so'zlar [3]
Sohir sirlar izhori. Shahzod Rahmon.
O'zbek she'riyati [1]
BONUS [7]
REKLAMA

TAG Bulutlari
Tabriklaymiz!
So'rovnoma
Saytimiz haqida qanday xabar topdingiz?
Jami javoblar: 4
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Qidirish
Get our toolbar!
Taqvim
«  December 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
SAYT ARXIVI
Hamkorlarimiz
  • UZWEBMONEY.TK
  • Kelajak sari biz bilan birga!!!
  • Shahakademia.tk
  • VirtaPay 100$ Bonus
  • WEBMONEY FOREX
  • Browser Kits

  • Shahakademia.net © 2017
    Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
    Creative Commons License
    Shahakademia.net sayti Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License tomonidan litsensiyalangan.