Visol uchun yongan jonlar qayda endi, Ishq o'tida kuygan dillar qayda endi, Vafoni kuylagan kuylar qayda endi, Otabegin kutgan Kumush qayda endi.
Nahot qizlar endi bo'lsa vafosiz, Umr bo'yi yashab o'tsa jafosiz, Hayhot ushbu millat dardi davosiz, Farhod deb jon bergan Shirin qayda endi.
Sharm-hayo qayda endi, vafolar qayda, Muhabbatni so'ylagan navolar qayda, Majnun uchun borlig'i jonidan kechib, Visol umid qilgan Layli qayda endi.
Ushbu so'zga nahot bo'lsak parvosiz, Nahot ushbu millat dardi davosiz. Nahot inson yashay olar havosiz, Shahzod suygan ul parizod qayda endi.
Bevafolarga to'ldi dunyo nahot endi, Xiyonatga cho'mdi olam hayhot endi, Kelmas qaytib ul vafodor lobar endi, Behudadir ming ohlar-u faryod endi. Shahzod qalbin rom etgan jonon qayda endi, Tavallom ilhom parisi ul dilbar qayda endi.
Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi. Shahakademia.net sayti
Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License
tomonidan litsensiyalangan.