Inson dunyoga kelgach asta-sekin ulg'ayarkan. O'smirlik davrining eng go'zal onlari esa qachon ekanligini bilasizmi? Bu kimnidir sevib qolgan davridir. Bu sevilgan davridir, bu baxtga to'la orzular og'ushida yashayotgan davridir. Sevgi nima? Sevgini anglay olgan emas hatto buyuk mutafakkir ham. Olam sinoatlarini anglashga quvva-i hofizasi yetadigan faylasuflar ham uning oldiga bosh egishgan. Nima sevgi shunchalik kuchlimi? Nima uni yengadigan kuch yo'qmi? Buni faqat sevgan inson biladi. Sevgi sizga qanchalar yashashga ishtiyoq berishini sevib qolsangiz bilasiz. Sevgining haqiqiy qudratini shundagina his qila olasiz. Shundagina uni anglay boshlaysiz, ammo baribir ojiz ekanligingizni his qilasiz. Uni hech qachon hech kim to'liq tushuntirib berolmasligini tushunasiz. Sevgi qudratini his qilmoqchisiz? Sevgan insoningiz ko'zlariga qarang. Uning ko'zlarida aks etib turgan quvonch sizga isbot bo'la olmaydimi? Yoki siz bir necha soniyaga kechiksangiz ham sizni yo'qlab sizga qo'ng'iroq qilishidan ham his qilmaganmisiz sevgi qudratin? Uning hayotining har lahzasini sizga bag'ishlaganligi sizga tasdiq uchun yetmaydimi?
Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi. Shahakademia.net sayti
Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License
tomonidan litsensiyalangan.