Bosh sahifa » 2011 » December » 22 » Uni yana topdim
|
Ushbu voqeaga 2yil bo'ldi. U
bilan birinchi bor mail@agent orqali tanishib qoldik. O'z pochtamni
tekshirib turar ekanman, do'st ortirish maqsadida online
foydalanuvchilarni qidira boshladim. Shunda u bilan tanishdim. Tanishuv
juda oddiy hamda kamtarona o'tdi. Salom-alik, hol-ahvol so'rash, ba'zi
bir qiziqtirgan savollar: " Qayerliksiz, Nima qilasiz, Qayerda
o'qiysiz?". Suhbat shu tarzda davom etardi. Birozdan so'ng u agentdan
chiqadigan vaqti bo'lganini aytdi. Men undan telefon nomerini so'radim,
ammo u bermasligini aytdi. Bir necha marotaba iltimos qilganimdan so'ng,
o'zimning telefon nomerimni so'radi hamda qo'ng'iroq qilishini aytdi.
Men intizorlik bilan uning qo'ng'iroq qilishini kutardim va u qo'ng'iroq
qildi.
Suhbat boshlandi: "Man agentdagi qizman" Suhbat davom etar ekan biz
yanada yaqinroq tanishib borar edik. U bilan tez-tez gaplashib turadigan
bo'ldik.
Birinchi kunning o'zidayoq u bilan munosabatlarimiz qizg'in tusga kirib
ulgurgandi. Kechasi soat 12 yoki 1gacha telefonda suhbatlashardik.
Oradan 3 kun o'tib, U bilan ko'rishdik. Ko'rishishga rozi bo'lmadi, ammo
ayyorlik qildim. Telefonda suhbatlashar ekanmiz u qarindoshinikiga
kelganini aytdi. Qarindoshining manzilini so'ragach, u yerga yo'l oldim.
U xech nimadan xabari yo'q, yo'lda ketar ekan unga telefon qilib ayni
damda qayoqdagiligini so'ray boshladim.Va nihoyat uni topdim, ammo
oldiga bormasdan ortidan kuzatib boraverdim. Bekatga yetib borgach
oldiga bordim. U meni kelishimni kutmagan edi. Ammo bu hodisa ro'y
bergandi.
Shundan so'ng, biroz suhbatlashgach u bilan xayrlashdik.
Yana tunga qadar telefonda suhbatlashish. Uni uchrashuvga taklif etdim,
avvaliga rozi bo'lmadi. Tinimsiz takliflardan charchadimi rozi bo'ldi. U
bilan har kun uchrashadigan bo'ldik. Har kuni u bilan ko'rishardik.
Toshkent ko'chalarini u bilan birga kezar edik. U bilan suhbatlashgan 2
hafta davomida u bilan Goh xiyobonlarni kezardik, goh muzeylarni tomosha
qilardik. U bilan munosabatlarimiz shu tariqa davom etardi. Kunlar o'ta
boshladi. Kunlardan bir kun unga o'rganib qolayotganimni his etdim.
Uning ovozini bir lahza eshitmasam telbadek bo'lib qolardim.
Ammo taqdir ekan u bilan ayrildik, yo'limiz ayro tushdi ( sababi sir
bo'la qolsin).
Shunda ham yurak unga telefon qilib ovozini eshitardim. Ammo so'zlashga
yuragim dov bermasdi.
U ham telefon qilardi ammo unga yaxshi gapirmas edim.
Barchasi unutildi, barchasi unut bo'ldi.
Oradan 2 yil o'tdi.
Usiz o'tgan umrim davomida uni goh-goh esga olardim.
Yana uni sog'ina boshladim. Yana uni qo'msay boshladim.
Pochtamni tekshirdim, ammo uni topa olmadim. Shunda hozir ko'pchilik
mail@agentdan odnoklassniki.ru saytini afzal bilishini bilgan holda odnoklassniki saytiga uning ismini yozib qidirish tugmasiga bosdim. Bu taqdirning tuhfasimi?
(Bilmayman, nima deb atashni). Ro'yhatda 5 kishi bor edi va ularning
birinchisi esa U edi.
Unga xabar yozdim. Uni saytga kirishini intiq kutardim. U javob yozdi: "
Kim bu?".
U meni yo tanimadi yoki tanishni, eslashni istamadi. Ammo har kungi
xabarlar yordamida uni telefon nomerini olishga muvaffaq bo'ldim. Yo'q.
Yana 2 yil oldingidek. Unga telefon raqamlarimni berdim. Yana u telefon
qildi. Bu safar esa nomeri yashirilgan holda edi.
Yana telefon raqamini so'rab, nihoyat oldim.
Yana munosabatlarimiz yaxshi bo'la boshladi.
Men uni unutolmaganligimni tushundim.
Hozir u bilan har kuni suhbatlashib turamiz. Unga sevishimni aytdim,
ammo u bu borada uni tinch qo'yishim lozimligini ta'kidlamoqda.
U yana aldanishdan qo'rqyapti, men esa usiz yashashdan.
|
Views: 1436 |
Added by: MrShahzodbek
| Rating: 5.0/1 |
|
|
Login form |
|
|
|
WEBMONEY EXCHANGE CENTRE |
Bugungi kurs: 21.11.2024:
SOTISH: 1WMZ=11000 SO'M
SOTIB OLISH: 1WMZ=9000SO'M
|
|
|
Bo'limlar |
|
|
|
REKLAMA |
|
|
|
TAG Bulutlari |
|
|
|
Tabriklaymiz! |
|
|
|
So'rovnoma |
|
|
|
Statistika |
Jami online: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
|
Qidirish |
|
|
|
Taqvim |
|
|
|
SAYT ARXIVI |
|
|
|