Shahakademia.net
 
Bosh sahifa » 2012 » April » 23 » Yoshlik sahifalaridan
7:06 PM
Yoshlik sahifalaridan

Shahzod Rakhmonov:


22:27

Sokin oqshom bag'rida olisdan kimningdir qorasi elas-elas ko'rinmoqda.

U o'z xayollari og'ushida atrofga ojiz boqardi. Xayolidan shu damda olis bolalikda qolib ketgan xotiralar o'tmoqda. Eh bolalik. Qanchalik baxtli ekanmiz o'shanda. Sho'x-shodon, g'am neligin bilmasdan yurardik.

22:29

Bolalik sho'xliklari bilan ajib bir davr edi. Qishloqdagi tengdoshlar bilan ertalabdan tunga qadar chang ko'chalarda yugurishlar, bolalikdagi beg'ubor tortishuvlar bari o'tmishga aylandi.

22:34

O'sha kezlarda tengdoshlar orasidan Sitora menga qanaqadir boshqacha ko'rinardi. Uning kulishlari, tim qora shalola sochlari menga juda yoqardi. Ko' vaqtimni u bilan birga o'tkazishni hohlardim. Uni ko'rganimda o'zimni negadir baxtiyor his qilardim. Goh-gohida qizlar va bolalar ikki jamoaga bo'linib, quvlashmachoq, bekinmachoq o'ynardik. U boshqa qizlardan nimasi bilandir ajralib turardi. Ammo u nimaligini bila olmasdim. Oradan vaqtlar o'tdi.

22:38

Men ham Sitora ham bolalik sho'xliklari bilan ulg'aydik. Unga bo'lgan mehrim yanada kuchaygan, uni ko'rmagan kunim o'zimni g'alati his qilardim. Doim uni ko'rishga oshiqardim. Maktab davri ham tugay deb qolgandi. Endi sinfdoshlar barchasi o'z yo'lidan ketadi. Endi yo'llar ayro. Hayot yo'llarida yana uchrashish kimga nasib etadi, kimga esa yo'q.

22:42

9 yil u bilan bir sinfda, aniqrog'i bir partada o'tirdik. Necha bor janjallashib necha bor yarashdik. Mana maktabni ham tez orada bitiramiz. Men uchun uning qayerda o'qishni davom ettirishi juda muhim edi. Unga bo'lgan munosabatimni oshkor etmagan bo'lsamda, uning ham menga nisbatan befarq emasligini ko'zlaridan bilinib turardi.

22:46

25-may. Bugun maktabdagi so'nggi kunimiz. Bugun so'nggi qo'ng'iroq sadolari bizni maktab ostonasidan katta hayot ostonasiga kuzatib qo'yadi. Maktabga endi kelgan chog'imizda ham shu qo'ng'iroq edi. Bugun ham o'sha qo'ng'iroq, jaranglashi, sadosi ham hamon o'sha-o'sha. Ammo 9 yil ilgari u bizlarni kutib olgandi. Bugun esa u bizga oq yo'l tilab kuzatmoqda, xayrlashmoqda.

22:54

Sinfdoshlar ko'zida quvonch-u, qalblar yum-yum yig'lamoqda. 9 yillik qadrdonlar bir-biridan ayrilishadi. 9 yil davomida hamma narsa, shu jumladan bizlar ham o'zgardik. Ammo bizga oq yo'l tilayotgan qo'ng'iroq sadosi hamon birdek. Bugun uning ko'zida yosh tomchilari qalqayotganini ko'rdim. 9 yil birga o'qib, birga o'tirib biror marotaba unga qalbimdagi sirlarimni oshkor etolmadim. Bugunchi? Bugun unga sevishimni aytmasam qachon aytaman? U bilan yana shunday ko'rishib turish nasib qiladimi?

22:57

Yo'q. Men qalbimdagi sevgini ortiq pinhon tuta olmayman. Bugun unga albatta aytaman. Bu mening maktabdagi so'nggi qarorim, ahdim. Shu xayollar og'ushida men Sitora tomon yura boshladim. Men shu damda qayerdan jur'at topganimni o'zim ham bilmayman...

22:57

Davomi bor...

 

Category: Dil tubidagi so'zlar | Views: 1837 | Added by: MrShahzodbek | Tags: sho'xlik, bolalik, so'nggi qo'ng'iroq | Rating: 0.0/0
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Ro'yhatdan o'tish | Login ]
Muborak Juma, 2024-03-29, 1:33 AM
Xo'sh kelibsiz Mehmon
Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Login
Login form
SITE INFO

Admin: MrShahzodbek

WMID: 733417572236

BL: TL:

Skype: Мой статус MrShahzodbek

E-Mail: MrShahzodbek@mail.ru

WEBMONEY EXCHANGE CENTRE
Bugungi kurs:
29.3.2024
:

SOTISH:
1WMZ=11000 SO'M
SOTIB OLISH:
1WMZ=9000SO'M
Bo'limlar
Online Money [28]
Internetda pul ishlash usullari
Sirdoshim she'riyat [7]
Shahzod Rahmon ijodidan
Dil tubidagi so'zlar [3]
Sohir sirlar izhori. Shahzod Rahmon.
O'zbek she'riyati [2]
BONUS [7]
REKLAMA

TAG Bulutlari
Tabriklaymiz!
So'rovnoma
Internetda pul ishlash usullarini sinab ko'rdingizmi?
Jami javoblar: 4
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Qidirish
Taqvim
«  April 2012  »
SuMoTuWeThFrSa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
SAYT ARXIVI
Hamkorlarimiz
  • UZWEBMONEY.TK
  • FREE IELTS TIPS
  • Shahakademia.tk
  • WEBMONEY FOREX
  • Browser Kits
  • Shahakademia.net © 2023
    Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
    Creative Commons License
    Shahakademia.net sayti Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License tomonidan litsensiyalangan.