Shahakademia.net
 
Bosh sahifa » Sirdoshim she'riyat


Qor... oq choyshabga o'rangan olam,
Tabiat ham sokin surmoqda xayol.
Sukunat aro yolg'izlikda men,
Seningla o'tgan onlarim eslayman yana.

Oh, bu armonlar qachon tark etar,
Mening yaralangan mitti yuragim?
Oppoq yerga singigan kabi, Ishq
Qachon yuragimda joylangan ekan?!

Nega ko'nglim limmo-lim g'am-alamga,
Dunyo asosimi armonlar nahot,
Armon qalbin tilka-pora etsada,
Inson azoblarni qo'msaydi hayhot.

Shahzod Rahmon © Shahakademia.
Bo'lim: Sirdoshim she'riyat | Ko'rildi: 1286 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-12-30 | Fikrlar (0)


Bilmam balki adashgan edim,
Men sevgingga yolg'on ishonib,
Balki men sening qalbingda,
Bir umr qo'nim topolmay sarson.
Balki sevgandirman seni bilmay....

O'sha xatoimni sog'inib har dam,
Ko'rmoq istagayman seni har lahza.
Mayli yonginangga bora olmasam.
Ko'rsam edi bir lahza hatto yiroqdan.

Lahzalar seni eslatar har dam,
Seni sog'inganman, sog'indim juda.
Sen esa hotirjam ketib borarsan,
Mening yuragimni g'amga to'ldirib.

Shunchalik azobmi sevgi do'stlarim,
Visoli uchun jon bermoqqa tayyor,
Hatto kechib butun borimdan,
U bilan bo'lsam edi baxtiyor.
U esa ketib borar...

Shahzod Rahmon
Bo'lim: Sirdoshim she'riyat | Ko'rildi: 1202 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-12-30 | Fikrlar (0)

Taqdir ko'zlarimni to'ldirsa yoshga,
Bir kun ortingdan termulib qolsam.
Yorim deb atashga hatto or qilsang,
Men kimga suyangum Allohdan o'zga.

Ko'zimdan yoshlarim marjondek oqsa,
Do'stlarim holim bir so'rmas bo'lsa,
Hatto sevgan yorim xiyonat etsa,
Men kimga suyangum Allohdan o'zga.

Shahzod Rahmon.

Mualliflik huquqi muhofazalangan.
Ko'chirib bosilganda sayt manzili va muallif nomi ko'rsatilishi shart.
Mualliflik huquqini buzish qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Bo'lim: Sirdoshim she'riyat | Ko'rildi: 1128 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-11-14 | Fikrlar (0)


I love you for giving your heart to me

and trusting me with your pride
I love you for wanting me
and needing me by your side

I love you for the emotions
I never knew I had
I love you for making me smile
Whenever I feel sad

I love you for your thoughts of me
... Davomini o'qish »
Bo'lim: Sirdoshim she'riyat | Ko'rildi: 1345 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-11-05 | Fikrlar (0)



Shamollar shivirlar tinmagay zinhor,

Qalbimda tuyg'ular solar g'alayon.
Go'zal visoliga tashnalik hissi,
Ne ko'ylarga solar meni shu damda.
Bilmayman ul go'zal asli qaylarda,
Balki o'zga diyorda yoki yonimda.
Dunyoning to'rt burchagidanda,
Izlamoq hissi-la yonar yuragim.
Men uni bilmasman, u esa meni,
Bir-birimizga begona qalban yaqinmiz,
... Davomini o'qish »
Bo'lim: Sirdoshim she'riyat | Ko'rildi: 1101 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-11-03 | Fikrlar (0)



Visol uchun yongan jonlar qayda endi,
Ishq o'tida kuygan dillar qayda endi,
Vafoni kuylagan kuylar qayda endi,
Otabegin kutgan Kumush qayda endi.

Nahot qizlar endi bo'lsa vafosiz,
Umr bo'yi yashab o'tsa jafosiz,
Hayhot ushbu millat dardi davosiz,
Farhod deb jon bergan Shirin qayda endi.

Sharm-hayo qayda endi, vafolar qayda,
Muhabbatni so'ylagan navolar qayda,
Majnun uchun borlig'i jonidan kechib,
Visol umid qilgan Layli qayda endi.

Ushbu so'zga nahot bo'lsak parvosiz,
Nahot ushbu millat dardi davosiz.
Nahot inson yashay olar havosiz,
Shahzod suygan ul parizod qayda endi.

Bevafolarga to'ldi dunyo nahot endi,
Xiyonatga cho'mdi olam hayhot endi,
Kelmas qaytib ul vafodor lobar endi,
Behudadir ming ohlar-u faryod endi.
Shahzod qalbin rom etgan jonon qayda endi,
Tavallom ilhom parisi ul dilbar qayda endi.

Shahzor Rahmon.
Bo'lim: Sirdoshim she'riyat | Ko'rildi: 1184 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-11-02 | Fikrlar (2)


Gohida g'amlarga to'lganda yurak,
Kimnidir intizor kutganda yurak.
Izlab ham topmagan lahzada yurak,
Bir sening vaslingni qo'msar bo'ldi, yor.

Do'stlar ham holim so'rmas bo'lganda,
Yod etib bir bora kelmas bo'lganda.
Tuproqdanda holim xarob bo'lganda,
Bir sening vaslingni qo'msar bo'ldi dil.

Orzular ro'yoga aylansalar ham,
Va'dalar yolg'onga aylansalar ham,
Muhabbat armonga aylansalar ham,
Bir sening v ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Sirdoshim she'riyat | Ko'rildi: 1191 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-11-02 | Fikrlar (0)

Muborak Juma, 2024-04-26, 9:31 AM
Xo'sh kelibsiz Mehmon
Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Login
Login form
SITE INFO

Admin: MrShahzodbek

WMID: 733417572236

BL: TL:

Skype: Мой статус MrShahzodbek

E-Mail: MrShahzodbek@mail.ru

WEBMONEY EXCHANGE CENTRE
Bugungi kurs:
26.4.2024
:

SOTISH:
1WMZ=11000 SO'M
SOTIB OLISH:
1WMZ=9000SO'M
Bo'limlar
Online Money [28]
Internetda pul ishlash usullari
Sirdoshim she'riyat [7]
Shahzod Rahmon ijodidan
Dil tubidagi so'zlar [3]
Sohir sirlar izhori. Shahzod Rahmon.
O'zbek she'riyati [2]
BONUS [7]
REKLAMA

TAG Bulutlari
Tabriklaymiz!
So'rovnoma
Internetda pul ishlash usullarini sinab ko'rdingizmi?
Jami javoblar: 4
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Qidirish
Taqvim
«  April 2024  »
SuMoTuWeThFrSa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
SAYT ARXIVI
Hamkorlarimiz
  • UZWEBMONEY.TK
  • FREE IELTS TIPS
  • Shahakademia.tk
  • WEBMONEY FOREX
  • Browser Kits
  • Shahakademia.net © 2023
    Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
    Creative Commons License
    Shahakademia.net sayti Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License tomonidan litsensiyalangan.