Shahakademia.net
 
Bosh sahifa » 2011 » December » 22

Ushbu voqeaga 2yil bo'ldi. U bilan birinchi bor mail@agent orqali tanishib qoldik. O'z pochtamni tekshirib turar ekanman, do'st ortirish maqsadida online foydalanuvchilarni qidira boshladim. Shunda u bilan tanishdim. Tanishuv juda oddiy hamda kamtarona o'tdi. Salom-alik, hol-ahvol so'rash, ba'zi bir qiziqtirgan savollar: " Qayerliksiz, Nima qilasiz, Qayerda o'qiysiz?". Suhbat shu tarzda davom etardi. Birozdan so'ng u agentdan chiqadigan vaqti bo'lganini aytdi. Men undan telefon nomerini so'radim, ammo u bermasligini aytdi. Bir necha marotaba iltimos qilganimdan so'ng, o'zimning telefon nomerimni so'radi hamda qo'ng'iroq qilishini aytdi. Men intizorlik bilan uning qo'ng'iroq qilishini kutardim va u qo'ng'iroq qildi. Suhbat boshlandi: "Man agentdagi qizman" Suhbat davom etar ekan biz yanada yaqinroq tanishib borar edik. U bilan tez-tez gaplashib turadigan bo'ldik. Birinchi kunning o'zidayoq u bilan munosabatlarimiz qizg'in tusga kirib ulgurgandi. Kechasi soat 12 yoki 1gacha telefonda suhbatlashardik. Oradan 3 kun o'tib, U bilan ko'rishdik. Ko'rishishga rozi bo'lmadi, ammo ayyorlik qildim. Telefonda suhbatlashar ekanmiz u qarindoshinikiga kelganini aytdi. Qarindoshini ... Davomini o'qish »
Ko'rildi: 1394 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-12-22 | Fikrlar (0)

Ko`ngil ma'yus tortdi yilning so`nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida,
Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o`taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetkudek qo`lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g`alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig`lab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So`rsang, sevinchimdan o`kinchim ko`proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko`zda tabassum -u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo`ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo`qlab kelganingni o`zi bir bayram.
Qulog`ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...

Bo'lim: O'zbek she'riyati | Ko'rildi: 6086 | Qo'shdi: MrShahzodbek | Sana: 2011-12-22 | Fikrlar (0)

Muborak Juma, 2024-04-26, 2:53 PM
Xo'sh kelibsiz Mehmon
Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Login
Login form
SITE INFO

Admin: MrShahzodbek

WMID: 733417572236

BL: TL:

Skype: Мой статус MrShahzodbek

E-Mail: MrShahzodbek@mail.ru

WEBMONEY EXCHANGE CENTRE
Bugungi kurs:
26.4.2024
:

SOTISH:
1WMZ=11000 SO'M
SOTIB OLISH:
1WMZ=9000SO'M
Bo'limlar
Online Money [28]
Internetda pul ishlash usullari
Sirdoshim she'riyat [7]
Shahzod Rahmon ijodidan
Dil tubidagi so'zlar [3]
Sohir sirlar izhori. Shahzod Rahmon.
O'zbek she'riyati [2]
BONUS [7]
REKLAMA

TAG Bulutlari
Tabriklaymiz!
So'rovnoma
Sayt haqida fikringiz?
Jami javoblar: 10
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Qidirish
Taqvim
«  December 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
SAYT ARXIVI
Hamkorlarimiz
  • UZWEBMONEY.TK
  • FREE IELTS TIPS
  • Shahakademia.tk
  • WEBMONEY FOREX
  • Browser Kits
  • Shahakademia.net © 2023
    Barcha huquqlar muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili hamda muallif nomi ko'rsatilishi shart. Mualliflik huquqining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
    Creative Commons License
    Shahakademia.net sayti Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported License tomonidan litsensiyalangan.